“Shifokorlar” Toshkentda – Andijan State Medical Institute
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

“Shifokorlar” Toshkentda

15:19 19.10.2019

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan oliy ta’lim tizimida beshta muhim tashabbus doirasida “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida Respublika talaba-yoshlar festivalini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 1-son bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 17-19 oktyabr kunlari Toshkent shahrida Yoshlar festivali o‘tkazildi.

Talaba-yoshlarning besh muhim tashabbus doirasida o‘z iqtidorlarini namoyon etishlari uchun imkoniyat yaratish, yoshlarning dunyoqarashi va fikrlash doirasini yanada kengaytirish, ularning barkamol shaxs bo‘lib, jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlari hamda o‘zlari qiziqqan sohaning yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishishlariga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan  Yoshlar festivalida Andijon davlat tibbiyot institutining iqtdorli yoshlaridan iborat “Shifokor” talabalar teatr jamoasi ham ishtirok etdi.

Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi festival doirasidagi tadbirlar, tanlovlarda ishtirok etish bilan birga mamlakatimiz poytaxtidagi oliy o‘quv yurtlarida, diqqatga sazovor joylari ham bo‘lishdi. Festival ishtirokchilari uchun bugungi kunda dolzarb yoshlar tarbiyasi mavzusidagi spektaklini namoyish etib o‘z mahoratlarini ko‘rsata olishdi.

Andijon davlat tibbiyot institutining iqtdorli yoshlari “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostidagi Respublika talaba-yoshlar festivalidan katta taassurotlar olishganiga ishonamiz.

ADTI axborot xizmati

Skip to content Click to listen highlighted text!