Sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti  aksiyasi boshlandi – Andijan State Medical Institute
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

Sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti  aksiyasi boshlandi

12:43 22.01.2019

     Andijon shahridagi Eski shahar markaziy dehqon bozori oldida ADTI  ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash  bo‘limi, O‘zbekiston “Adolat” SDP viloyat Kengashi va yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti faollari bilan hamkorlikda aholi o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish, favqulodda holatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va shifokor taktikasi xususida ommaviy tadbir o‘tkazildi.


Tadbirda Vatanni madh etuvchi qo‘shiqlar yangradi. Yoshlar ittifoqi faollari tomonidan miokard infarkt, qandli diabet, sinish, kuyish kabi holatlarda shifokor kelgunga qadar  birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmalari, so‘ngra mutaxassis yordami sahna ko‘rinishlari yordamida ko‘rsatib, izohlab berildi. Aholiga sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi bukletlar tarqatildi.


Turli kasalliklarni oldini olish, davolash ishlari bo‘yicha savol-javoblar bo‘ldi. Yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Bobur Abdulazizxojiev  kelgusida bunday tadbirlar shaharning gavjum joylarida, shuningdek, viloyatimizning shahar va tumanlarida yangi-yangi loyihalar asosida o‘tkazilishi rejalashtirilganligini aytdi.

Tadbir  aholi tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi.

Skip to content Click to listen highlighted text!