Shu yilning 29-30 mart kunlari Buxoro shahrida “Stomatologiyaning dolzard muammolari”ga bagishlangan anjuman bo`lib o`tdi.Anjumanda Rossiya Federatsiyasi, Qozogiston Respublikasi va Ukraina davlatlaridan ma’ruzachilar qatnashdilar.
Tadbirda stomatologiya fakulteti dekani D.SH. Tulanov “Fargona vodiysi aholisiga birlamchi stomatologik yordamni tashkil qilish”mavzusida ma`ruza qildi. Terapevtik, ortopedik va bolalar stomatologiyasi kafedrasi mudiri R.R. Raimjonov va jarrohlik stomatologiyasi kafedrasi katta o`qituvchisi Z.K. Xakimova devoriy ma’ruzalar bilan anjumanda ishtirok etishdi.