Talabalar diqqatiga! – Andijan State Medical Institute
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

Talabalar diqqatiga!

11:57 08.07.2020

Aziz talabalar, sizlardan yozgi tatil davrida turli ko‘rinishdagi  korrupsion holatlarga aralashmaslik va yo‘l qo‘ymaslik, dekanatlar, manaviyat va marifat bo‘limi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarib borishi hamda 5 ta muhim tashabbus bo‘yicha roliklar tayyorlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilib borishni amalga oshirishlari talab etiladi.
Bu ishlarni bajarilishi o‘z vaqtida murabbiyga etkazib turiladi. Olib borilgan  ishlarni  nazorati  yoshlar  bilan  ishlash  bo‘yicha  prorektor va fakultetlar  dekanatlari  tomonidan  olib  boriladi.
Talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun adabiyot, sport, musiqa, rassomlik va AKT bo‘yicha o‘z iqtidorlarini namoyon qilishlari va kitobxonlik qobiliyatlarini namoyon etuvchi roliklar va videoroliklar tayyorlab, o‘z murabbiylariga topshirishlari tavsiya etiladi.
Tanlov g‘oliblari institut ma’muriyati tomonidan rag‘batlantiriladi.

ADTI ma’muriyati

Skip to content Click to listen highlighted text!