Andijon davlat tibbiyot institutida talabalarni o‘zlari tahsil olayotgan oliygoh faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, o‘quv jarayoni bilan bog‘liq yangilik va ma’lumotlarga to’liq ega bo‘lishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Institut bosh o‘quv binosida “ADTI o‘quv bazalari”, “Dars jadvali”, “Talabalar ro‘yxati”, “ADTI talabalari hayotidan” nomi ostida stendlar tashkil etilgan.
Mazkur stendlarda aks etgan fotosuratlar, yozuvlar orqali davolash, pediatriya, stomatologiya fakultetlari talabalari ta’lim jarayonida bo‘layotgan yangiliklar, o‘zgarishlar haqida, shuningdek, iqtidorli talabalar, yosh olimlar, talaba-sportchilar, harbiy o‘quv yig‘inlari, turli bayram tadbirlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotga ega bo‘ladilar.