O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida institutda tayanch doktranturada taxsil olayotgan 24 nafar talabgorlar bilan institut rektori M.M.Madazimov 2020 yil 23 iyun kuni attestatsiya o‘tkazdi. Attestatsiya jarayonida tayanch doktorantlarni bajargan ishlari to‘g‘risida, dissertatsiya bajarish jarayonida mavjud bo‘lgan muammolar ko‘rib chiqildi va muammolarni xal kilish uchun amaliy yordam ko‘rsatish choralari belgilandi.
Ximoyaga chikuvchi tayanch doktorantlarga anik rejalar shakllantirildi va ularga barcha shart sharoitlar kafedralar tomonidan yaratilish topshirildi.