2019-yil 20-fevral kuni ADTI 1-ma’ruzalar zalida Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy tibbiyot fakulteti rahbari, tibbiyot xizmati polkovnigi Jahongir Ro‘zievich Sabirovning davolash fakulteti 4-5 – bosqich talabalari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv TTA huzuridagi harbiy tibbiyot fakultetiga tanlov asosida kursantlarni qabul qilish mavzusida bo‘ldi. Targ‘ibot uchrashuvida polkovnik J.Sobirov fakultetning asosiy maqsad va vazifalari, harbiy vrachlar tanlash kurslari kursantlarini tanlab olish tartib qoidalari, nomzodlarni tanlab olishga qo‘yiladigan asosiy talablar va kursantlarga beriladigan imtiyozlar haqida gapirib berdi. Suhbat davomida institut talabalariga yuqori malakali, salohiyatli harbiy vrach hamda leytenant unvonini beruvchi mazkur fakultet hayoti haqidagi videorolik namoyish etildi.
Uchrashuv chog‘ida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar. Targ‘ibot tadbirlarida ADTI harbiy kafedrasi o‘quv bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik A. Soliev, harbiy tayyorgarlik fani o‘qituvchisi, mayor M.O‘lmasovlar ishtirok etdilar.