Turkiyalik mutaxassislar ishtirokida mahorat darslari o‘tkazildi – Andijan State Medical Institute
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

Turkiyalik mutaxassislar ishtirokida mahorat darslari o‘tkazildi

14:41 19.12.2018

2018-yil 16-18 dekabr kunlari Andijon davlat tibbiyot instituti Bolalar jarrohligi, anesteziologiya va reanimatologiyasi hamda Vrachlar malakasini  oshirish va qayta tayyorlash fakulteti kafedralariga Turkiya Sog‘liq bilimlari universiteti bolalar jarrohligi kafedrasi dotsenti doktor Salim Biliji, Bolalar anesteziologiya-reanimatologiya kafedrasi dotsenti doktor Ali Guneslar tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida Turkiyalik etuk olim doktor Salim Biliji tomonidan bolalardagi siydik yo‘llari tug‘ma nuqsonlari va “Girshprung” xastaligi bo‘yicha magistratura, klinik ordinatura va davolash fakultetining 501-502-503-504-guruh talabalariga ma’ruza va seminar o‘tkazildi.

Doktor Salim Biliji tomonidan Andijon VBKTTM umumiy xirurgiya bo‘limida “Girshprung” xastaligi bilan davolanayotgan bemorda jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.

Doktor Ali Gunes VMO va QT fakulteti tez tibbiy yordam bo‘yicha malaka oshirishdagi tinglovchilarga bolalardagi shoshilinch holatlar va birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha ma’ruza o‘qidi.

Skip to content Click to listen highlighted text!