Andijon davlat tibbiyot institutiga Turkiya Xadjettepe universiteti delegatsiyasi tarkibida tashrif buyurgan professor Mustafa Erman onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi o‘quv jarayonida ishtirok etmoqda.
Professor Mustafa Erman davolash fakulteti 517-gurux talabalari bilan “Buyrak saratoni” mavzusida amaliy mashg‘ulotlar olib bordi. Mashg‘ulotlar davomida bemorlar talabalar ishtrokida ko‘rikdan o‘tkazildi. Mashg‘ulotlar talabalarda katta taassurot qoldirdi.
Kunning ikkinchi yarmida professor Mustafa Erman Onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi magistratura talabalari bialn “Onkologiyada immunoterapiya asoslari” mavzusida seminar o‘tkazdi.
Magistratura talabalarini qiziqtirgan savolarga xorijlik mutaxassisi tomonidan javoblar berildi. Xorijlik professorni tashrifi davom etmoqda.
D.Xasanov
Onkolgiya va tibbiy radiologiya
kafedrasi dotsenti