O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tibbiy ta’limni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot insituti umumiy jarrohlik kafedrasi jamoasi Rossiya Federatsiyasi Moskva shahridagi S.P.Botkin nomidagi Uzluksiz malakali ta’lim Tibbiyot Akademiyasi xirurgi, t.f.d. professor Vardanyan Arshak Vardanovichni ta’lim jarayoniga jalb etdi.
Rossiyalik mutaxassis Umumiy jarrohlik kafedrasi professor-o‘qituvchilari, vrach-ordinatorlari, magistrlar va talabalar uchun institut klinikasi majlislar zalida “Varikoz xastaliklarida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash usullari” mavzusida onlayn videoma’ruza o‘tkazdi.
Videoma’ruza barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.