2019- yil 28- fevral kuni viloyat perinatal markazida Andijon davlat tibbiyot instituti 1-Akusherlik va ginekologiya hamda Fakultativ pediatriya va neonatologiya kafedralari tomonidan integrallashgan simulyatsion trening bo‘lib o‘tdi.
“Elkalar distotsiyasida tug‘ruqni olib borish va chaqalaoqlar reanimatsiyasi” mavzusidagi mazkur tadbirda viloyat perinatal markazi akusher-ginekolog shifokorlari, 1-Akusherlik-ginekologiya hamda Fakultativ pediatriya va neonatologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari, magistratura yo‘nalishi talabalari va klinik ordinatorlar ishtirok etdilar.
Tadbirda 1-Akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri D.Asranqulova so‘zga chiqib, bugungi kunda mamalakatimiz tibbiyot sohasidagi izchil islohotlar, shuningdek, soha mutaxassislarini ayollar patologiyalarida zamonaviy yondashuvi, isbotlangan tibbiyot asosida tashxislash va davolash to‘g‘risida gapirdi.
Integrallashgan simulyatsion treningda magistr va kilinik ordinatorlar mavzuni mulyajlar yordamida keng yoritib berdilar.
So‘ngra dotsentlar-B.Inakova, F.Nasirova, N.Ahmedovalar mavzu yuzasidan o‘z fikr- mulohazalarini bildirdilar.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, ko‘plab ma’lumot va yangiliklardan boxabar bo‘ldilar.