2019 – yil 8- fevral kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Onalar va bolalar o‘limi bo‘yicha prokuratura taqdimnomalari va xizmat tekshiruvi bo‘yicha ish yuritish uslublari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirni ADTI rektori, professor M.Madazimov ochib berdi.
Shundan so‘ng, viloyat prokuraturasi voyaga etmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi boshlig‘I SH.Ergashev so‘zga chiqib, onalar va bolalar o‘limi bo‘yicha taqdimnomasiga ko‘ra xizmat tekshiruviga jalb etilgan xodimlar faoliyati davomida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida gapirdi.
So‘ngra onalar va bolalar o‘limini oldini olish,bu borada amalga oshirilayotgan ishlar xususida institut professor-o‘qituvchilari o‘zlarining takliflarini, fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Tadbir yakunida ADTI rektori M.Madazimov akusherlik va ginekologiya, pediatriya, psixiatriya kafedrasi o‘qituvchilarining onalar va bolalar o‘limi , yoshlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish kabi noxush holatlarni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab-chiqish va viloyat prokuraturasiga taqdim etilishi bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.