O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017- yil 31- iyuldagi 426-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, institut rektorining 2017- yil 7- avgustdagi 430-T sonli buyrug‘iga asosan, oliygohning professor va malakali ilmiy pedagoglari hamda mutaxassislari, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari sog‘liqni saqlash boshqarmalarining litsenziyalash va akkreditatsiyalash sektori bosh mutaxassislaridan iborat attestatsiya komissiyasi tomonidan navbatdagi malaka toifalari berish imtihoni bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir ADTI ilmiy kengashlar zalida Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti mas’ulligida o‘tkazildi.
Imtihon jarayonini fakultet dekani H.H.Tursunov va Farg‘ona viloyati letsenziyalash va akkreditatsiyalash sektori bosh mutaxassisi U.A.Abdurahmonovlar nazorat qildilar.
Malaka toifasini olishga talabgorlar institutning professor–o‘qituvchilari tomonidan Tibbiyot va farmatsevt xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 31-bandiga muvofiq malaka toifasiga loyiq yoki noloyiqligi aniqlandi.
36 nafar vrach toifa imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirdi. Navbatdagi imtihonlar muddati institut saytida e’lon qilinadi.