Xalq va armiya yakdil – Andijan State Medical Institute
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

Xalq va armiya yakdil

08:40 08.11.2019

Andijon davlat tibbiyot institutida yana bir xushxabar. Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Madaminjon Mo‘minovich Madazimov O‘zbekiston Mudofaa vazirligi buyrug‘i bilan “Yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ishtiroki uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Shu munosabat bilan institut Ilmiy Kengashlar zalida taqdirlash marsimi o‘tkazildi. Taqdirlash marsimida Mudofaa vazirligi tibbiy ta’minot boshqarmasi boshliq o‘rinbosari Abdug‘ani Yuldashev, Sharqiy harbiy okrug tibbiy ta’minot xizmati boshlig‘i Vohidjon Safarov, institut professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi.

Mudofaa vaziriligi vakili A.Yuldashev institut rektoriga ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirdi va talabalarni jismonan sog‘lom, ma’nan etuk insonlar bo‘lib kamol topishlari uchun institut rektoriga va podpolkovnik Akmaljon Nasriddinov rahbarligidagi harbiy kafedra jamoasiga minnatdorchilik bildirdi.

Taqdirlash marosimida professor M.M.Madazimov so‘z olib ko‘rsatilgan e’tibor uchun Mudofaa vazirligiga minnatdorchilik bildirdi va vazirlik bilan talabalarning harbiy tayyorgarligini oshirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida hamkorlikni yanada mustahkamlashga va’da berdi.

Taqdirlash marosimida institut harbiy kafedrasi xodimlaridan podpolkovnik Bahodirjon Razzaqovga Mudofaa vazirligining “Mudofaa vazirligi faxriysi” ko‘krak nishoni topshirildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Qurolli Kuchrali faoliyatida ochiq, oshkoralik ta’minlanganligi, xalq – askar, zobitlarimizning ota-onalari harbiy qismlarda mehmon bo‘lib farzanllari uchun yaartilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishayotganligi, armiya xalq bilan yakdil, xalqning qo‘llab-quvvatlashi, ishonchi bilan kuchli ekanligini ta’kiladilar.

ADTI axborot xizmati

Skip to content Click to listen highlighted text!