2018- yil 26- dekabr kuni «O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi» respublika ko‘rik- tanlovi viloyat bosqichi o‘tkazildi. Tadbirda Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, iqtidorli talabalar o‘zlarining loyihalari bilan faol qatnashdilar. Jumladan, institut dotsenti M.Jo‘raeva, onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi D. Urmanbaeva, mustaqil izlanuvchi G. Muminova, assistent Sh.Atajanova, davolash fakulteti 4- kurs talabasi F.Bazarova,, pediatriya fakulteti 2 -kurs talabasi S.Egamberdievalar o‘zlarining yangi innovatsion g‘oyalari bilan ishtirok etdilar.
Ko‘rik- tanlov yakuniga ko‘ra «Eng yaxshi ixtiro» nominatsiyasi bo‘yicha M. Jo‘raeva, «Eng yaxshi EHM dasturi» nominatsiyasi bo‘yicha D.Urmanbaeva hamda 4-kurs talabasi F. Bazarova, “Eng yaxshi foydali model” nominatsiyasi bo‘yicha Sh.Atajonova, “Eng yaxshi innovatsion loyiha” nominatsiyasi bo‘yicha G.Mo‘minovalar g‘olib bo‘ldilar va respublika bosqichiga yo‘llanma oldilar.Faxrli o‘rin sohibalari diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.