2018-yil 13-noyabr kuni Yaponiyaning “Marubeni korporeyshn” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakili Yasuaki Fudzii hamda uning yordamchisi Dilshod Hamidovlar Andijon davlat tibbiyot instituti bazasidagi klinikaga tashrif buyurdilar.
Shu kuni “Marubeni korporeyshn” kompaniyasi vakillari ADTI rektori M.Madazimov hamda klinika bosh shifokori B.Rahmonovlar hamrohligida klinikaning barcha bo‘limlarida bo‘lishib, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar yaqindan tanishdilar.
Muloqot chog‘ida ular o‘zlarining O‘zbekistonga, xususan mamlakatda olib borilayotgan izchil islohotlarga qiziqishi yuqori ekanligini, O‘zbekistonning chekka hududlarida joylashgan tibbiyot muassasalarini eng zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar va jihozlar bilan ta’minlanishida yordam berishlarini bildirdilar.
Shuningdek, uchrashuv chog‘ida “Marubeni korporeyshn” kompaniyasi tomonidan ADTI klinikasiga 1 mlrd. yena, ya’ni 9,5-10 mln. dollar atrofidagi yuqori texnologik tibbiy asbob-uskunalar va jihozlar bilan ta’minlashga kelishib oldilar. Mazkur kompaniya bilan istiqboldagi hamkorlik aloqalari rejalashtirildi.