2018- yil 25- dekabr kuni institutning 2-ma`ruzalar zalida Normal va patologik fiziologiya kafedrasi dotsenti I.Zulunova boshchiligida davolash fakultetining 203-A guruh talabalari ishtrokida “Oshqozon osti bezining funksional holatini o‘rganishda zamonaviy qarashlar” mavzusida Yangi yil intellektual tomoshasi bo‘lib o‘tdi.
Tomoshada institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, professor A.Arziqulov, davolash fakulteti dekani B.Abdullajonov, ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi S.Xolmirzaeva va barcha kafedra xodimlari qatnashdilar.
Tadbirda talabalar oshqozon osti bezining mahsuli-insulin gormonining vazifalari va ushbu gormonni yetishmasligi natijasida kelib chiqadigan qandli diabet kasalligining turlari, ularning belgilari, tashxisi va davolashda Fiziologiya fanini klinika bilan bog‘liqligini namoyish qilib berdilar.