O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.02.2018 yildagi PQ-3514-sonli “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.08.2017 yildagi PQ-3217-sonli “2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.02.2018 yildagi PF-5326-sonli “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha institut tasarrufidagi Farg‘ona viloyatining xushmanzara bo‘lgan Shoximardonning Yordon qishlog‘ida joylashgan dam olish maskanida 2019 yilning yoz mavsumini o‘tgan davrida 400 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar, xodimlar, klinika tibbiyot xodimlari hamda ularning oila a’zolari maroqli dam oldilar.
Ular dam olish bilan birga sportning voleybol va shaxmat-shashka turlari bilan shug‘ullanmoqdalar. Yangi o‘quv yiliga yangi kuch bilan bardam bo‘lib mehnat qilishlari uchun 2019 yil 30 avgustgacha qo‘shimcha 150 nafar xodimlarning dam olishlari rejalashtirilgan.