Bugun, 25- fevral kuni Andijon davlat tibbiyot institutida Birlashgan Millatlar Tashkilotining «Yoshlar huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiya loyihasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirni o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Arziqulov ochib berdi. Shundan so‘ng, Andijon shahar adliya bo‘limi bosh maslahatchisi Z.Qodirov so‘zga chiqib, “Yoshlar huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiya haqida ma’ruza qildi.
Talabalarga mazkur konvensiya haqida hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 14-sentabdagi «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonuni to’g’risida tushuncha berdi, mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar, g‘amxo‘rliklar, yoshlar masalasi va ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar xususida gapirdi.
Davra suhbatida Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Andijon viloyat bo‘limi rahbari M.G‘ofurov ham so‘z olib, yoshlar ma’naviyati haqida o‘zining fikr –mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Ochiq muloqot tarzidagi davra suhbati qiziqarli va mazmunli o‘tdi.