Andijon davlat tibbiyot instituti Ilmiy Kengashlar zalida “Yoshlar korrupsiyaga qarshi!” mavzusida yig’ilish o`tkazildi.
Institut pediatriya fakulteti 1-, 2-kurs talabalari ishtirok etgan tadbirni Andijon davlat tibbiyot instituti psixologi O‘.Arziqulov olib bordi.
Yig’ilishda Andijon viloyat Prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limining alohida muhim ishlar bo‘limi tergovchisi R.Rahmonov ishtirok etdi va dunyodagi korrupsiya holatlari, korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri hamda uning oldini olish chora-tadbirlari to`g`risida ma’lumot berdi.
Tadbir davomida mavzuga oid videorolik namoyish etildi. Shuningdek yig’ilishda talabalar aholi o’tasida korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, korrupsiyaga qarshi ko‘nikmalarni shaklantirish, “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amaliyotga tadbig’i, korrupsiya elementlarini oldini olish borasida yetarlicha ma’lumot oldilar.
A.Ketmonov,
ADTI pediatroiya fakulteti dekan o‘rinbosari