“Yoshlar orasida narkotik vositalarni tarqatilishini oldini olish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi – Andijan State Medical Institute
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

“Yoshlar orasida narkotik vositalarni tarqatilishini oldini olish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

14:42 06.02.2019

2019-yil 6-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot institutida  “Yoshlar orasida narkotik vositalarni tarqatilishini  oldini olish”  mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni  institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G‘.Hodjimatov ochib, mehmonlarni tanishtirdi.

Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi ekspert-mutaxassisi S.Jabborov so‘zga chiqib, giyohvandlik va uning ayanchli oqibatlari, bu borada mamlakatimizda olib borilayotgan profilaktik tadbirlar, olingan ma’lumotlar to‘g‘risida gapirdi.


Profilaktik tadbirlarni o‘tkazishdan maqsad narkojinoyatni olidini olish ekanligini ta’kidlab, talaba-yoshlarni ogoh va hushyor bo‘lishlikka, o‘zlari tanlagan to‘g‘ri yo‘ldan hech qachon adashmaslikka chaqirdi. Shundan so‘ng, viloyat hokimligi mas’ul kotibi J.Mansurov so‘z olib, narkotik moddalarni oldi-sottisi bilan bog‘liq jinoyatlar xususida gapirdi.
So‘ngra  viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari  A.Imyaminov  talabalarga giyohvand moddalarning inson salomatligiga salbiy ta’siri haqida so‘zlab, giyohvandlikka qarshi birgalikda kurashish lozimligini ta’kidladi.

Andijon viloyati IIB narkobiznesga qarshi kurash bo‘limi xodimi Q.Abdurahmonov aholi, ayniqsa, ayrim yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan narkojinoyatlarga to‘xtalib, bu boradagi ma’lumotlarni berdi.

Tadbir davomida viloyat IIB EKB bo‘limi boshlig‘i, mayor Sh.Qodirov  giyohvand moddalar va  tibbiyotda qo‘llaniladigan ayrim dori vositalari, ularning noqonuniy oldi-sottisi to‘g‘risida ma’lumot berib, yoshlarni befarq bo‘lmaslikka, giyohvandlikni oldini olish borasidagi targ‘ibot ishlarida  faol bo‘lishlikka chorladi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan davra suhbatida viloyat narkologiya dispanseri  narkologi Sh.To‘raqulov va boshqa mutaxassislar talabalarni qiziqtirgan savollariga batafsil javob berdilar.
Tadbir yakunida talabalarga giyohvandlik, narkotik moddalar oldi-sottisi bilan bog‘liq jinoyatlar, bularning salbiy oqibatlari, achinarli holatlar  aks etgan videofilm namoyish etildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!