2019 – yil 12- fevral kuni Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yilligi oldidan “Yoshlar tarbiyasi va milliy qadriyatlar” mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi.
Anjuman ishini ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G‘ulomiddin Hodjimatov ochib berdi.
Shundan so‘ng, Toshkent agrar universiteti Andijon filiali dotsenti To‘lqinjon Sultonov “Tarbiya va milliy qadriyatlar” mavzusida ma’ruza qildi.
Institut fakultet, gospital jarrohlik kafedrasi dotsenti Jo‘raxon Saidxodjaevaning “Kitob–tarbiya mezoni” mavzusidagi ma’ruzasi ham barchada qiziqish uyg‘otdi.
Anjumanda ADTI monitoring va ichki nazorat bo‘limi xodimi Ahmadali Qo‘ldoshev “Globallashuv sharoitida yoshlar tarbiyasi masalalari” mavzusida ma’ruza qildi.
Ma’ruzachilar xalqimizning ulkan ma’naviy merosi, milliy qadriyatlarimiz, kitob mutolaasi, yoshlar tarbiyasi va insoniylikka xos go‘zal fazilatlar aks etgan durdona asarlar, hikmatli so‘zlar va rivoyatlar xususida gapirib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Anjuman yakunida G‘.Hodjimatov tashkilotchilarga va faol ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirdi. Mehmonlarga va pediatriya fakulteti murabbiylari faoliyati bo‘yicha mas’uli Shukurullo Halilovga sertifikatlar topshirdi.
Anjuman mazmunli va samimiy ruhda o‘tdi. Talabalar anjuman davomida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.