Andijon viloyati hokimi Sh.Q.Abdurahmonov tashabussi bilan “Talaba bosh shifokor” loyixasi asosida tibbiyot oliygohi bitiruvchilari viloyatdagi barcha tibbiy muassasalarga 10 kunga rahbarlik lavozimiga qo‘yildi. Bu loyihaning asosiy maqsadi yoshlarni rahbarlikka tayyorlash, joylardagi mavjud kamchilik va muammolarni aniqlash va bartaraf etish, yosh rahbarlar bergan takliflarini o‘rganib amaliyotga joriy etish hisoblanadi. Yoshlarimiz zimmalaridagi vazifalarni a’lo darajada bajarishga butun kuch va bilimlari bilan harakat qildilar. Jumladan, Ulug‘nor tumani tibbiyot muassasalariga rahbarlik lavozimiga qo‘yilgan yoshlar bir qator ibratli ishlarni bajardilar.
Andijon davlat tibbiyot instituti talabalaridan – Ulug‘nor tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Jahongir To‘xtayev, tuman Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi rahbari Muhammadibroxim Zaynobiddinov, tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika mudiri Avazbek Akbarov, 40-qishloq oilaviy poliklinika (QOP) mudiri Shahbozbek Rajabboyev, 37-QOP mudiri Sardorbek Tursunov, 39-QOP mudiri Bahromjon Ne’matjonovlar o‘z hududlaridagi gurux nogironlari, keksa yoshli bemorlar, urush qatnashchilari va yordamga muhtoj bemorlarga tegishli maslahat va moddiy yordamlar ko‘rsatish, aholi tibbiy ma’daniyatini oshirish borasida faol ish olib borishdi.
Bundan tashqari talaba-bosh shifokorlar tibbiyot muassasalari xodimlari o‘rtasida kitobxonlik va kompyuter savodxonligini oshirish, sport musobaqalarini o‘tkazish, Andijon viloyat hokimining tashabbusi bilan 10 kunlik “EKO Aksiya”da ko‘chat ekish tadbirida ham tashabbuskorlik ko‘rsatishdi.
Talabalarimizning 10 kunlik “amaliyot”larida o‘rganganlari ish faoliyatlarida katta ahamiyatga ega bo‘lishiga ishonamiz.