alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ENDI NAMANGANLIK BITIRUVCHI KURS TALABALARI HAM ISHGA JOYLANDILAR

15:56 31.03.2022

Davlatimiz rahbari raisligida oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash orqali ularning turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor, sog‘liqni saqlash vakillari bilan “Tibbiyotdagi islohotlar – inson qadri uchun!” mavzusidagi ochiq muloqoti hamda mazkur ochiq muloqotda belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida viloyat hokimlari, tibbiyot muassasasi rahbarlari va xodimlariga aprel oyi davomida amalga oshirilajak ishlar belgilab berildi. Ushbu vazifalar ijrosi bo‘yicha bugun Andijon davlat tibbiyot institutida taxsil olayotgan bitiruvchi bosqich namanganlik talabalar amaliyot o‘tashlari uchun yashash joylaridagi tibbiyot muassasalariga biriktirildi.

Erta tongda bitiruvchi talabalar karvoni institut rektori M.Madazimov boshchiligida jo‘nab ketdi.

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari A.Inoyatov hamda Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i A.Iminov talabalar bilan suhbatlashar ekan, bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularni ham o‘qib, ham ishlab, daromad topishlari yo‘lida barcha sa’y-harakatlar amalga oshirilayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

242 nafar talaba o‘z yashash xududlaridagi tibbiyot muassasalariga biriktirildi. Endi ular umumiy amaliyot shifokori, bo‘lim mudiri lavozimlarida faoliyat olib boradigan bo‘lishdi. Suhbat davomida bo‘lajak shifokorlarga aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, bemor bilan samimiy muloqotda bo‘lish, kasalliklar profilaktikasi bilan ishlash bo‘yicha ko‘rsatma va vazifalar berildi.

Shuningdek, institut rahbarlariga talabalarni amaliyot va dars jarayonlaridan boxabar bo‘lish, ularga sharoit yaratish, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda ish olib borish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Uchrashuvdan so‘ng shahar va tumanlardan biriktirilgan mas’ullar talabalarni ish joylariga biriktirdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!