Rossiya Federatsiyasi Davlat byudjet muassasasi – Milliy tibbiy radiologiya tekshirish markazi filiali, P.A.Gersen nomidagi Moskva ilmiy-tekshirish onkologik kasalliklar instituti mutaxassisi, tibbiyot fanlari nomzodi, endovaskulyar onkojarroh Petrosyan Artur Pavlovich Andijon davlat tibbiyot institutining Onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filiali va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filialida boʻldi.
Malakali mutaxassis onkologiyaning dolzarb muammolari boʻyicha maʼruzalar oʻtkazdi, shuningdek “Maloinvaziv endovaskulyar jarroxligi” doirasida onkologik kasalliklarda “Kimyoterapiya va ximioembolizatsiya ” namunali jarrohlik amaliyotlarini olib bordi.