alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “AYOL QISMATI” BADIIY FILMINING NAMOYISHI BO‘LIB O‘TDI

12:12 17.02.2023

Mamlakatimizda, soʻnggi yillarda milliy kino sanʼatini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarni tizimli davom ettirish, sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, yurtimizda jahon tajribasi asosida kino ishlab chiqarishning samarali mehanizmlarini joriy etish, zamonaviy kinosanoat infratuzilmasini yaratish va kinoprokat tizimini rivojlantirish borasida bir qancha islohotlar amalga oshirilmoqda.

Bugun, 17-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati va Mudofaa vazirligi buyurtmasiga asosan Kinomatografiya agentligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamkorligida “Dilshoh-media” studiyasi tomonidan suratga olingan “Ayol qismati” badiiy filmining namoyishi bo‘lib o‘tdi. Film institutning ilmiy kengashlar va ma’ruza zallarida namoyish etildi.

Film “Mehr” operatsiyasi doirasida Suriyadan olib chiqilgan ayollardan birining ayanchli taqdiri “Sojida” timsolida juda taʼsirli yoritilgan. Uning mazmun-mohiyati inson qadri, Vatan sogʻinchi, tinchlik va farovonlikning qanchalik bebaho neʼmat ekanligini tomoshabinga yetkazishdan iborat.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!