Harakat ta’sir jihatdan har qanday dorining o‘rnini bosishi mumkin, lekin dunyodagi jamiki dori-darmon harakatchalik ta’sir ko‘rsatolmaydi, degan ekan T.Tasso.
Shu sabab ham Andijon davlat tibbiyot institutining xodimlari va professor-o‘qituvchilari jismoniy harakatni ma’qullab, erta tongdan “Salomatlik uchun 5 ming qadam” loyihasini amalga oshirib kelishmoqda. Bu gal loyihani Pediatriya fakulteti jamoasi olib bordi.