FUQАRO VА MEHNАT MUHOFАZАSI BOʼLIMI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

FUQАRO VА MEHNАT MUHOFАZАSI BOʼLIMI

Andijon davlat tibbiyot institutida mehnatni muhofaza qilish xizmati va faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ushbu bo’limda to’rt nafar xodim ishlaydi.

Jumladan:

– bo’lim boshlig’I;

– mehnatni muhofaza qilish bo’yicha muhandis;

– favqulodda vaziyatlar bo’yicha muhandis;

– yong’in xavfsizligi bo’yicha instruktor.

 

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 7-yanvarda 870-son bilan ro‘yxatga olingan “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq 165 ta kasb-hunar bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalar ishlab chiqilgan. Barcha ko‘rsatmalar institut rektori tomonidan 2016-yil 25- iyunda tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 1996-yil 14-avgustdagi 273-sonli  Davlat reestrida ro‘yxatga olingan “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risida” Nizomi  6 bobdan iborat bo‘lib, institutning Fuqarolar va mehnatni muhofaza qilish bo‘limi tomonidan tasdiqlangan va ish ushbu QOIDA talablari inobatga olingan holda tashkil etilgan.

Institutga ishga qabul qilingan barcha xodimlar mehnatni muhofaza qilish bo‘limida suhbatdan o‘tadi va 1-sonli jurnalda qayd etiladi. Ish joyidagi mehnat sharoitlari o‘rganilgandan so‘ng, vazirlik tomonidan ro‘yxatga olingan “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq 2-sonli jurnalga yozuvlar kiritiladi.

O’zbekiston Respublikasi Adliyasi, 2000-yil 7-yanvardagi 870-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish tog‘risida”gi Nizomi bo‘yicha  barcha boshqarma va bo’limlarga 165 ta kasblar bo’yicha mehnatni muhofaza qilish bo’yicha yo’riqnomalar berilgan. Institutning fuqaro muhofazasi va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ishchi guruhi tomonidan mazkur ko‘rsatmalar asosida ish joylarida suhbatlar o‘tkazildi.

Institut talabalari uchun Fuqaro muhofazasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 36 soatlik “Hayot xavfsizligi” kursi joriy etildi. Bundan tashqari, boshqarma tomonidan viloyat va shahar boshqarmalari, favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda davra suhbatlari va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

O‘quv yili boshida bo‘lim xodimlari tomonidan favqulodda vaziyatlarni bartaraf  etish tartibi va jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘quv va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Institutning barcha o‘quv va laboratoriya binolari yong‘in signalizatsiyasi va o‘t o‘chirish moslamalari bilan jihozlangan.

Institut o‘quv binolari va talabalar turar joylarining barcha qavatlarida favqulodda vaziyatlarda evakuatsiya qilish rejalari hamda xodimlar va talabalarni ogohlantirish tizimlari o‘rnatilgan.

Kuz-qish mavsumi boshlanishidan oldin shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda institut professor-o‘qituvchilari, xodimlar va talabalar ishtirokida barcha turdagi yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish vositalaridan foydalangan holda taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Skip to content