alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

GOSPITAL TERAPIYA VA ENDOKRINOLOGIYA KAFEDRASI MUDIRI ROSSIYADA O‘TKAZILGAN KONFERENSIYADA ISHTIROK ETDI

17:21 15.05.2023

Andijon davlat tibbiyot institutining Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, dotsent Sh.Yusupova joriy yilning 12–13-may kunlari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahri I.I.Mechnikov nomidagi Shimoliy-G‘arbiy davlat tibbiyot universiteti taklifiga ko‘ra, universitet Endokrinologiya kafedrasining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Zamonaviy endokrinologiya va diabetologiya yutuqlari” xalqaro qatnashchilar ishtirokidagi yubiley, ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etib qaytdi.

Ushbu konferensiyada “Qandli diabet va surunkali yurak yetishmovchiligi” mavzusida  maʼruza o‘qidi.

Dotsent Sh.Yusupova konferensiya doirasida I.I.Mechnikov nomidagi Shimoliy-G‘arbiy davlat tibbiyot universiteti, V.A.Almazov nomidagi Milliy tibbiy tadqiqot markazi, Qozon davlat tibbiyot akademiyasi endokrinologiya kafedrasi va  D.O.Otto nomidagi akusherlik, ginekologiya va reproduktologiya ilmiy-tadqiqot instituti professorlari bilan hamkorlikda  ilmiy-tadqiqot ishlari va grant loyihalar ustida ishlash, malaka oshirish kurslari, o‘zaro tajriba almashish, onlayn va oflayn maʼruzalar, amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

Ushbu hamkorlik natijasida V.A.Almazov nomidagi Milliy tibbiyot ilmiy markazi professori T.Karonova 2023-yil 30-may kuni institutda bo‘lib o‘tadigan “Yuqori innovatsion texnologiyalarni profilaktika tibbiyotida qo‘llash” mavzusiga bag‘ishlangan konferensiyaga tashrif buyurishi rejalashtirildi.

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!