![“GUMBAZ” MFY AHOLISI TIBBIY-KO‘RIKDAN O‘TKAZILDI](https://adti.uz/wp-content/uploads/2021/12/photo_2021-12-16_10-49-30.jpg)
Andijon davlat tibbiyot institutiga biriktirilgan “Gumbaz” MFYda Ichki kasalliklar propedevtikasi professor-o‘qituvchilari tomonidan tibbiy himoyaga muxtoj aholi o‘rtasida tibbiy-ko‘riklar tashkil etilmoqda. Bu gal ham kafedra mutaxassislari tomonidan xonadonma-xonadon yurib, 100 nafardan ortiq qariyalar, nogironlar, homilador ayollar va yosh bolalar chuqurlashtirilgan tibbiy-ko‘rikdan o‘tkazildi va ular bilan sog‘lomlashtirish ishlari olib borildi. Davolanishga muxtoj fuqarolar uchun markaziy shifoxonalarga yo‘llanmalar berildi.