Sizning uzoq yillar davomida samarali olib borayotgan faoliyatingiz davomida institutimiz xalqaro va respublikamizdagi tibbiyot oliy taʼlim muassasalari qatorida oʻz nufuziga ega boʻlib bormoqda. Talabalar va professor-oʻqituvchilarimiz tashabbuslarini doimo qoʻllab-quvvatlashingiz, ularni ragʻbatlantirib kelayotganingiz natijasi oʻlaroq xalqaro va milliy olimpiada va tanlovlarda oliy oʻrinlarga sazovor boʻlib kelinmoqda.
Shuningdek, shifokor sifatida esa minglab bemorlarning dardiga davo boʻlayotganingiz, ayniqsa, kam taʼminlangan va ehtiyojmand oilalarga tibbiy koʻriklar va bepul jarrohlik amaliyotlari oʻtkazishda bosh-qosh boʻlayotganingiz eʼtirofga sazovor.
Mana shu qutlugʻ yosh ostonasida sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy farovonlik, tinchlik-xotirjamlik tilaymiz! 60 yoshingiz muborak boʻlsin!
Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi