HURMATLI OTA-ONALAR VA ABITURIYENTLAR OGOH BO‘LING! – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

HURMATLI OTA-ONALAR VA ABITURIYENTLAR OGOH BO‘LING!

13:42 23.06.2024

Bugungi kunda korrupsiya illatiga jahonning deyarli har bir mamlakatida duch kelish, uning salbiy oqibatlarini ko‘rish mumkin.

Ushbu illatning ildiz olishiga yo‘l qo‘ymaslik va unga qarshi kurashish juda muhim hisoblanadi. Chunki, bu jinoyat mamlakat taraqqiyoti, uning ijtimoiy, iqtisodiy holati va xalqaro munosabatlariga ham salbiy ta’sir o‘tkazadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomasida taʼkidlaganidek, “Jamiyatimizda korrupsiya illati o‘zining turli ko‘rinishlari bilan taraqqiyotimizga g‘ov bo‘lmoqda. Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib bo‘lmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmog‘i rivojlanmaydi”.
Biz ta’lim sohasi vakillari ayniqsa, korrupsiyaga qarshi kurashishda faol bo‘lishimiz, o‘sib kelayotgan yosh avlodda korrusiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishimiz muhim.

Mamlakatimiz miqyosida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida jadal ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, qabul hamda ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini adolatli va shafof tarzda o‘tkazish maqsadida abituriyentlarning hujjatlari elektron tizim orqali qabul qilinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-81-son farmoniga asosan ayni kunlarda, yurtimiz bo‘ylab barcha davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalarida qabul jarayonlari amalga oshirilmoqda.

Bunda Davlat OTMlari bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi.

1-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun my.uzbmb.uz saytida onlayn roʻyxatdan oʻtadi hamda quyidagilarni tanlaydi:
Faqat test sinovida ishtirok etsa:
– fanlar majmuasi;
– taʼlim tili;
– test topshirish hududi.

Alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlarida oʻqish istagini bildirsa (ijodiy imtihon) topshirsa:
– taʼlim tili;
– test topshirish hududi;
– alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishi;
– kasbiy (ijodiy) imtihonni topshiriladigan davlat OTM.
2-bosqichda abituriyentlar test sinovlari toʻliq yakunlanganidan soʻng 15 kun davomida my.uzbmb.uz sayti orqali quyidagilarni tanlaydi:
– oliy taʼlim muassasasi;
– bakalavriat taʼlim yoʻnalishi;
– taʼlim shakli;
– tanlov ustuvorligi.

Abituriyentning test sinovida toʻplagan ballari imtihon oʻtkazilgan kunning ertasiga, uning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani boʻyicha tanlov natijasi qabul jarayonining 2-bosqichi toʻliq yakunlangandan keyin bir hafta muddatda Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

Shuningdek, iyul oyidan magistratura bosqichiga ham qabul jarayonlari boshlanadi. Bunda ham hujjatlar maxsus platform orqali qabul qilinadi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, jarayonlar inson omili aralashuvisiz elektron shaklda amalga oshiriladi. Shu boisdan barcha abituriyentlar va ularning ota-onalariga murojaat qilmoqchiman. Firibgarlarning “Farzandingizni o‘qishga olib kirib qo‘yaman”, “Mana men sizni talabaga aylantiraman” –degan, aldovlariga ishonmang.

Farzandingiz kelajagini korrupsiya bilan boshlamang. Yoshlar ertamiz egalari ularni korrupsiya illatidan himoya qilaylik, korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik.

M.M.Madazimov,
Andijon davlat tibbiyot instituti rektori.

Skip to content Click to listen highlighted text!