Bugun, 27-dekabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish avvalida institut rektori M.Madazimov barchani yaqinlashib kelayotgan yangi yil bilan samimiy qutladi. Barchaga oilaviy tinchlik, hotirjamlik, kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatlar tiladi.
Mazkur tadbirda Fakultet terapiya kafedrasi mudiri M.Xo‘jamberdiyevga yuborilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Ustoz o‘zining erishgan yutuqlari, yoshlarga o‘gitlarini aytib o‘tdi va barchani bayram bilan samimiy tabrikladi.
Yig‘ilish avvalida an’anaviy tarzda ilmiy ishlarini muvaffaqiyatli yakunlab diplomlarni qo‘lga kiritgan ustozlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Shundan so‘ng, yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olgan “2023-yilda institut ilmiy-tadqiqot ishlarining yakunlari va 2024-yil uchun belgilangan ilmiy ishlar rejasini tasdiqlash” mavzusida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinovning ma’ruzasi tinglandi.
“2022-2023-o‘quv yilida institutda bajarilgan joriy va mukammal ta’mirlash ishlar” to‘g‘risida Moliya va iqtisodiyot ishlari bo‘yicha prorektor Z.Mamajonov hisoboti ilmiy kengash a’zolariga o‘qib eshittirildi.