Bugun, 6-sentabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutining Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi tashabbusi bilan 1-bosqichga qabul qilingan Davolash fakulteti talaba-qizlari uchun “Ilmli qiz – millat iftixori” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.


Tadbirda institut rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi G.Xolmatova, Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha psixolog U.Zokirova, Prezident stipendiyasi sohibasi, “Qizlarjon” klubi faoliM.Umarxo‘jayeva, hamda fakultet mas’ullari ishtirok etdilar.


Davra suhbatini G.Xolmatova ochib berar ekan, yurtimizda xotin-qizlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, institutda tashkil etilgan to‘garaklar, shaxsiy rivojlanish uchun mavjud shart-sharoitlar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, institut odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyatiga rioya qilish muhimligi alohida ta’kidlandi.


Prezident stipendiyasi sohibasi M.Umarxo‘jayeva o‘zining erishgan yutuqlari, bu yo‘ldagi mehnatlari, ustozlar ko‘magining o‘rni haqida ilhomlantiruvchi so‘zlar bilan talaba qizlarga motivatsiya berdi.
Suhbat davomida talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va ochiq muloqot tarzida fikr almashildi.


