Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini barcha koʻtarinki kayfiyatda qarshi oldi va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻzlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdi. Andijon davlat tibbiyot instituti xodimlari hamda talabalari ham mazkur siyosiy jarayonda faol ishtirok etdi.
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 80,1 foiz ovoz bilan gʻalaba qozondi. Yangi Oʻzbekiston yoshlari bir maqsad sari birlashib ushbu gʻalabani katta bayram sifatida nishonladilar.
Eko parkdagi bayram tadbirida barcha yoshlar qatori Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari ham qatnashdilar.
Andijon viloyati studiyasidagi namoyishlardan soʻng yoshlar uchun tashkil etilgan bayram tadbirida bizning talabalar Andijon polkasi raqsi hamda “Yosh gitarachilar” oʻzlarining jonli shoʻx qoʻshiqlari bilan xushnudlik baxsh etdilar.