alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT AYOL-QIZLARI ISHTIROKIDA «ZAKOVAT» INTELLEKTUAL OʻYINI O‘TKAZILDI

20:55 05.03.2024

Bugun, 5-mart kuni Andijon davlat tibbiyot instituti ayol xodimalar va talaba-qizlar ishtirokida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan «Zakovat» intellektual oʻyini o‘tkazildi.

Unda institut rektorining Xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi G.Xolmatova, institut Profilaktika katta inspektori G.Abduvoxidova ishtirok etib, avvalo go‘zal bahor ayyomi bilan samimiy tabriklab barcha qatnashchilariga omad tiladi.

O‘yinda institutning «Zakovat» intellektual oʻyini koordinatori Sh.Abduraxmonov tomonidan jamoalarga qiziqarli, faktlarga boy va bayramona savollar berildi.

Shiddatli, murosasiz va koʻtarinki kayfiyatda oʻtgan oʻyin yakunida quyidagi natijalar qayd etildi:

1-o‘rin Afrodita

2-o‘rin Monro

3-o‘rin Avangard

Ular institut rahbariyati tomonidan:

«Afrodita» jamoasining har bir aʼzosi 700.000 (yetti yuz ming)soʻm;

«Monro» jamoasining har bir aʼzosi 500.000 (besh yuz ming) soʻm;

«Avangard» jamoasining har bir aʼzosi 300.000 (uch yuz ming) soʻm miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, eng yuqori natija koʻrsatgan «Elegant», «Olima ayollar» hamda «Pharmacon» jamoalarning har biriga 500.000 soʻm miqdorida pul mukofotlari taqdim etildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!