INSTITUT REKTORI AXBOROT-RESURS MARKAZI FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT REKTORI AXBOROT-RESURS MARKAZI FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHDI

13:27 30.08.2025

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor Madamin Madazimov institutning Axborot-resurs markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Rektor markazdagi mavjud shart-sharoitlar, kutubxona fondi, yangi adabiyotlar, jumladan, xorijiy nashrlar va elektron kutubxona xizmatlari bilan tanishib chiqdi.

Markaz fondi raqamlarda:

Umumiy adabiyotlar soni: 28008 nomda 226249 nusxa

Darsliklar: 728 nomda – 82878 nusxa

O‘quv qo‘llanmalar: 971 nomda – 38439 nusxa

Ilmiy adabiyotlar: 51005 nomda – 16043 nusxa

Badiiy adabiyotlar: 3263 nomda – 22905 nusxa

Siyosiy adabiyotlar: 4563 nomda – 17024 nusxa

Boshqa turdagi adabiyotlar: 2440 nomda – 13998 nusxa

Til va yozuvlar bo‘yicha:

Rus tilida: 21651 nomda – 133803 nusxa

Krill yozuvida: 227 nomda – 60712 nusxa

Lotin yozuvida: 837 nomda – 29223 nusxa

Xorijiy tillarda: 293 nomda – 2511 nusxa

Rektor, shuningdek, Rossiya Federatsiyasida chop etilgan tibbiyot yo‘nalishidagi 24 nomdagi 46 nusxa gazetalar, 28 nomdagi 40 nusxa jurnallar bilan ham tanishdi.

Tashrif davomida institut rektori elektron kutubxona faoliyatini kengaytirish, shuningdek, Andijon tumanlari hamda boshqa viloyatlardan kelgan talabalar uchun zarur adabiyotlarni elektron shaklda yetkazib berish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi.

Axborot-resurs markazi – talaba va pedagoglar uchun nafaqat bilim manbai, balki ilhom va rivoj maskani bo‘lib xizmat qilmoqda.

Skip to content