Maʼlumki, ayni kunlarda, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov xizmat safari bilan Hindistonning qator shaharlarida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, u yerda institutning vakolatxonalarini ochish jarayonlarida ishtirok etmoqda.
Jumladan, bugun16- aprel kuni Kerala shtatining Balaram Pura shahrida bo‘lib, u yerdagi Andijon davlat tibbiyot institutida tahsil olayotgan Hindistonlik talabalarning ota-onalari va qarindoshlari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida talabalarning o‘qish, yashash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun institutda yaratilgan sharoitlar bo‘yicha maxsus taqdimot o‘tkazildi.
Shuningdek, ota-onlarni qiziqtirgan savollarga institut rektori atroflicha javob berdi. Jarayonni tasvirga olgan mahalliy OAV va televideniyega O‘zbekiston, Andijon va institut haqida intervyu berildi.