INSTITUT REKTORI QABUL KOMISSIYASI MAS’ULLARI BILAN UCHRASHDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT REKTORI QABUL KOMISSIYASI MAS’ULLARI BILAN UCHRASHDI

12:47 18.07.2023

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov institutda bo‘lib o‘tayotgan  qabul jarayonlari mas’ul xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.

Unda dastlab, hozirgi kunga qadar institutda o‘qish istagini bildirib hujjat topshirgan abituriyentlar statistikasi, murojaatlar mazmuni va ularga o‘z vaqtida, batafsil ma’lumotlar berish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning hisoboti tinglandi.

Institut rektori qabul jarayonlarida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, abituriyentlarni firibgarlarga aldanib qolmasliklari uchun ogohlantirish zarurligi haqida aytib, o‘tdi.

Shuningdek, 2023/2024-o‘quv yili uchun tayyorgarlik jarayonlari bo‘yicha kerakli topshiriqlar berdi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!