Bugun, 8-iyul kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Marhamat tumani Qovunchi mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi institutga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda 10 nafardan ziyod yoshlar va ularning ota-onlari ishtirok etdi. Unda rektor yoshlar bilan yakka tartibda suhbatlashib, muammolariga quloq tutdi. Jumladan, 1 nafar nogironligi bor, elektron aravachaga ehtiyoji bor va ikki nafar nogironligi bor, eshitish moslamasi zarur bo‘lgan yoshlarga Viloyat tibbiy ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi bilan kelishgan holda belgilangan tartib asosida ta’minlashga kelishib olindi. 2 nafar yoshning davolanishi masalasi Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori bilan rejalashtirildi.
Bir nafar yoshning Oliy ta’lim muassasasining kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish masalasidagi murojaati yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj 2 nafar yoshlarni xonadonlariga borib ularning holidan xabar olindi. Ularning muammo va takliflari yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.