alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT REKTORI QURILISH JARAYONLARI BILAN TANISHDI

13:02 22.02.2024

Bugun, 22-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov institutning yangi qurib bitkazilayotgan 2000 o‘rinli o‘quv binosi, Markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriya binolari hamda Davlat xususiy sherikchiligi asosida qurib bitkazilayotgan 400 o‘rinli Talabalar turar joyida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yildagi PQ-5154-son va Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-noyabrdagi 713-sonli Qarorlariga asosan Andijon davlat tibbiyot institutining 800 o‘rinli o‘quv-laboratoriya binosi hamda Markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriya binolarini qurish rejalashtirilgan. Hozirda Markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriya binosida ichki pardozlash ishlari, elektromontaj, santexnika va jihozlash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda.

Ayni kunlarda, institut talabalarining soni keskin ortib ketganligi sababli yangi o‘quv binosi 2000 o‘ringa mo‘ljallangan holda qad rostladi. Hozirda jihozlash ishlari amalga oshirilmoqda.  O‘quv binosining old qismidan buyuk olim, tibbiyot ilmining bilimdoni Abu Ali ibn Sinoning 7 metrli haykali joy olgan.

Shuningdek, DXSH asosida qurilayotgan 400 o‘rinli talabalar turar joyida ham  hozirda ta’mirlash, pardozlash va jihozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Ushbu manzillarda amalga oshirilayotgan jarayonlar rektor tomonidan kuzatilar ekan qurilish, ta’mirlash ishlarini jadallashtirish  va mavjud kamchiliklarni bartaraf  etish yuzasidan kerakli vazifalar belgilab berildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!