Andijon davlat tibbiyot institutida navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori M.M.Madazimovning “2020-2021-yillardagi institutning faoliyati to‘g‘risida”gi hisoboti tinglandi.
Hisobotda institut to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilab berilgan vazifalar va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, institut va fakultetlar kengash yig‘ilishlarida qabul qilingan qarorlar¸o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari yoritildi. Shuningdek, 2022-yilda institutda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar to‘g‘risida ham ma’lumotlar berildi.
Yig‘ilish davomida falsafa doktorligiga erishgan professor-o‘qituvchilar taqdirlandi.