“Donor” so‘zi lotinchadan tarjima qilganda “tuhfa qilmoq” degan ma’noni anglatadi. Chunki, donor o‘z qonini berish orqali boshqa bir insonning hayotini saqlab qolishi, unga yangi hayot tuhfa qilishi mumkin.
Bugun, 31-may kuni O‘zbekiston “Adolat” sotsial demoktarik partiyasi Andijon viloyat Kengashi tomonidan “Bor mehrimiz senga, bolajon!” shiori ostidagi donorlik aksiyasi o‘tkazildi. Unda Andijon davlat tibbiyot instituti fakultetlar dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va talabalar ham faol ishtirok etdi.
Andijon viloyat qon quyish markazida bo‘lib o‘tgan aksiyada 50 nafardan ziyod institutimiz jamoasi va talabalar qatnashdilar. Ular mazkur aksiyada qatnashib, qon topshirish orqali ko‘plab bolajonlarga dardlarini yengillatishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.