INSTITUTDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA UNI OLDINI OILISHGA BAG‘ISHLANGAN YIG‘ILISH O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA UNI OLDINI OILISHGA BAG‘ISHLANGAN YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

16:45 24.07.2023

Joriy yilning 24-iyul kuni Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida institut rektori M.Madazimov hamda Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tarmoq rahbari I.G‘oziboyev ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda prorektorlar, institutda mavjud bo‘limlar boshliqlari, fakultetlar dekanlari va o‘rinbosarlari, qabul komissiyasi mas’ullari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda so‘z olganlar 2023/2024-o‘quv yili qabuli bilan bog‘liq jarayonlarda korrupsion holatlarning oldini olish, jarayonlarni shaffof tarzda olib borish zarurligini ta’kidladilar.

Ushbu masalada barcha birdek mas’ul ekanligi, shu boisdan korrupsiyaga qarshi kurashishda faol bo‘lishlariga doir vazifalar belgilab berildi. Barcha bo‘limlar hamda fakultetlar xodimlari bu haqida ogohlantirilishi va qabul hamda imtihon davomida hech qanday inson omili rol o‘ynamasligi aytib o‘tildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!