Bugun, 25-mart kuni Andijon davlat tibbiyot institutida Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda institut rektori M.Madazimov, prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultetlar dekanlari va mas’ullar ishtirok etdi.
Unda, yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olgan: Institutda 21-mart – Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan amalga oshirilgan ishlar, Fakultetlarda kuzgi semestr yakunlari bo‘yicha hisobotlar, Talaba-qizlar o‘rtasida olib borilayotgan ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarining holati to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumotlar taqdimoti o‘tkazildi. Mazkur yo‘nalishlarda erishilgan yutuqlar e’tirof etildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Shuningdek, ilmiy kengash yig‘ilishi davomida institut rektori M.Madazimov institutning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Xolmatova O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining Faxriy yorlig’i bilan taqdirlanganligi bilan samimiy tabrikladi. Bu kabi yutuqlar bardavom bo‘lishiga tilak bildirdi.