Andijon davlat tibbiyot institutida “Referendum va yoshlar” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi Andijon viloyati Kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat kengashi deputati Xurshida Xalilova, partiya faollari, institut Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i A.Abduhalimov, fakultetlarning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar joriy yilning 30-aprel kuni o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Referendumi, uning o‘tkazilish jarayonlari haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, talabalarga bosh qomusimizni yangi tahriridagi o‘zgarishlar, undagi asosiy yangiliklar, insonning huquq va erkinliklariga eʼtibor, taʼlim olish huquqi va imkoniyatlari kengaytirilayotganligi haqida maʼlumotlar berdilar.
Talabalar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.