Bugun, 11-sentabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Talabalar ligasi” sport musobaqalari avvalida ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi yangradi. Shundan so‘ng, institut Sport klubi raisining o‘rinbosari A.To‘ychiyev so‘z olib, musobaqa qoidalari bilan tanishtirdi va barcha qatnashchilarga omad tiladi.
Ochilish marosimidan so‘ng bellashuv musobaqalar boshlandi. Joriy haftada talaba-yoshlar shaxmat, stol tennis, futbol sport turlari bo‘yicha bellashadilar.