Ona tabiat bizni yaxshi ko‘radi, risq-ro‘z beradi. Biz esa uni yanada gullab-yashnashiga, go‘zalligiga chiroy qo‘shishga bel bog‘laymiz.
Prezidentimiz tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish orqali shaharlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish reja qilingan. Mana shunday xayrli ishlarga Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi ham o‘z xissasini qo‘shmoqda.
Mavsum boshidan buyon institut hovlisiga 2 mingdan ziyod gullar, 100 tupdan ziyod turli mevali daraxtlar ekildi. Institut issiqxonasiga esa 3 mingdan ziyod poliz ekinlari ekildi va hozirda ular bo‘y cho‘zib, gullash arafasida.
Mazkur tadbirda ishchi-xodimlar qatorida ko‘ngilli bo‘lgan professor-o‘qituvchilar va talabalar ham ishtirok etib borishmoqda.