alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA «YO‘L QOIDASI – UMR FOYDASI» SHIORI OSTIDA O‘QUV SEMINAR TASHKIL QILINDI

14:20 21.02.2024

Bugun, 21-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Yo‘l qoidasi – umr foydasi” shiori ostida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Unda viloyat IIB FMB YHXB axborot xizmati inspektori H.Adhamjonov, Andijon shahar IIB FMB YHX bo‘limi katta inspektori, katta serjant B.Odiljonov, institutning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Salohiddinov, institut Profilaktika katta inspektori J.Xo‘jayev ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar yo‘l transport hodisalarini oldini olish, yo‘l qoidalariga rioya qilish yuzasidan tavsiyalar berdi.  Yo‘llarda haydovchi va yo‘lovchi sifatida harakatlanishda qoidalarga amal qilishning muhim tomonlari haqida aytib o‘tildi.

Yo‘llarni kesib o‘tishda belgilangan joylardan, svetoforga eʼtibor bergan holda o‘tish zarurligi, ushbu vaqtda quloqchinlar, telefondan aslo foydalanmaslik zarurligi taʼkidlandi. Birgina insonning qoida buzishi orqali ko‘plab insonlar aziyat chekishi mumkinligi haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!