Tanasi darddan azob chekayotgan kishilar birgina shirin so‘z-u, yaxshi e’tibordan quvonadilar. Ularning dardiga davo topib, davolaganlarni esa qadrdonga aylantiradi. Ana shunday bemorlarni sog‘ayib, oilalari bag‘riga sog‘-salomat qaytishlarini istagan yoshlar bugun, 21-fevral kuni “Men donorman” aksiyasida jam bo‘ldilar.
Unda Andijon davlat tibbiyot instituti tyutorlari va faol talabalar faol qatnashdilar. Qon topshirish jarayonlari Viloyat qon quyish stansiyasida bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 423-sonli buyrug‘iga asosan Donorlikka qabul qilish tartibi quyidagicha:
18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan;
Vazni 60 kg.dan yuqori bo‘lgan;
Avval gepatit burusellyoz bilan og‘rimagan fuqarolar ishtirok etishi mumkin.